AsosiyJamiyat

YPX xodimining haydovchiga nisbatan qilgan tuxmati tasvirga olindi (VIDEO)

IIV yo`l patrul xizmati xodimining xizmat jarayonida qoidabuzar haydovchi bilan qilgan harakati tushirilgan videolavha Facebookning Voditeli Tashkenta guruhida paydo bo`ldi.

Ushbu lavhada dastavval o`zini tanishtirishni istamagan YPX xodimining haydovchiga nisbatan qilgan qo`pol harakati aks etgan, deb yozadi pressnews nashri.

Haydovchini to`xtatgan xodim unga o`zini tanishtirmagan holda undan hujjatlarni talab qiladi, haydovchi to`xtatilganini sababini bilish maqsadida unga murojaat qilganda, YPX xodimi o`zini O`zbekiston millisiyasi ekanligini hamda unga qarshilik ko`rsatishga hech kimning xaqqi yo`qligini aytadi.

Ancha tortishuvdan so`ng o`z guvohnomasini taqdim etgan kichik serjant Erpastiev Baxtiyor Muhammadievich, haydovchi mashinasini ochib, unga kuch ishlatmoqchi bo`ladi.

Pressnews nashrining yozishicha, O`zbekiston millisiyasiman deb o`zini tanishtirgan YPX xodimi fuqaroga nisbatan tuxmat qilib, uni so`kkanlikda ayblagan, vaholanki, videoda buning aksi namoyon bo`lgan.

Videotasmani quyidagi havolada tomosha qilish mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar