AsosiyDunyo

ENG YaXShI FILMLARGA “OLTIN GLOBUS” MUKOFOTI TOPShIRILDI

'ENG YaXShI FILMLARGA “OLTIN GLOBUS” MUKOFOTI TOPShIRILDI'ning rasmi

Amerika Qo`shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida “Oltin globus” (Golden Globe Award) mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

Tanlovda angliyalik rejissyor Martin Makdonaxning “Ebbing chegarasidagi uch bilbord, Missuri” (Three Billboards Outside Ebbing, Missouri) filmi g`olib bo`lgan. Euronewsning xabar berishicha, kartina eng yaxshi dramatik film, unda bosh rolni ijro etgan Frensis Makdormand eng yaxshi aktrisa deb topilgan. Kinoda qizi qotillik qurboni bo`lgan onaning uquvsiz polisiya hodimlariga qarshi kurashi aks ettirilgan.

“Suvning shakli” (The Shape of Water) filmi ijodkori Gilermo del Toro eng yaxshi rejissyor nominasiyasini qo`lga kiritgan.

Bu filmlar tez orada mamlakatimiz kinomuxlislariga ham taqdim etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar