Mana bir oydirki, Malayziya aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan “Boing” samolyotining taqdiri noma`lumligicha qolmoqda, tabiiyki bu holat barchani havotirga solib, mutaxassislarning u bilan bog`liq turli fikr va tahminlariga olib kelmoqda.
Uz24 tahririyati ham bu muammo yuzasidan ko`p yillik tajribaga ega bo`lgan ekstrasenslar bilan fikr almashishga qaror qildi.
Folchi Gulnoza Shomahmudova bu iste`dodni o`z buvisidan meros qilib olgan. U yo`qolgan buyumlarni topish hamda kelajakni oldindan ko`ra bilish borasida o`z ishining ustasi. Unga murojaat qiluvchilar ko`pchilikni tashkil qiladi, uning follari aksari hollarda haqiqatga yaqin natijalarni ko`rsatadi. Gulnoza o`z iste`dodini 19 yoshida kashf qilgan. Fol ochish jarayoni voqea-hodisa haqida gapirib berish davomida boshlanadi, ekstrasens voqealar ketma ketligini ko`ra boshlaydi.
"Boing-777" haqida Gulnozaning qarashi
“Juda, juda ko`p qum, cho`l bo`lsa kerak... Kichkina orol. Samolyot o`zining bosh qismi bilan qulagan. Hozirda hech kim tirik qolmagan. Bu joy... Xitoy, Hindiston va Tailandning orasida, qumli orol. Samolyotdan faqat qoldiqlar qolgan. Falokat sababi terakt emas, samolyotda texnik nosozlik yuzaga kelgan”, deb yozadi nashr.
Gulnozaning foli haqiqatga qanchalik yaqinligi faqat Boing-777 layneri qoldiqlari topilgandan so`ngina aniq bo`ladi. Lekin hozirda qidiruvlar ko`proq Hind okeanining janubiy havzalariga qaratilgan.
Rossiya NTV telekanalida namoyish etilgan "Bitva ekstrasensov" teleshousidagi ishtiroki bilan mashhur bo`lgan yurtdoshimiz Abror Usmanovning taxmini:
“Men samolyotning suvga cho`kkanini ham, portlaganini ham ko`rmayapman, u o`g`rilangan. Qumlar bilan qoplangan mamlakatni ko`ryapman, atrofda g`orlar. Huddi samolyotni yashirib qo`yishganday, dastavval men bu joyni Hindiston degan bo`lardim yoki Pokiston va Eronga yaqin joy. Yaqin atrofda aholi yashamaydi. Tashqaridan qaraganda, bu tashlandiq aviabazaga o`xshaydi. Bazadagi angarlarning biriga layner, boshqasiga esa yo`lovchilar joylashtirilgan. Hozircha jinoyatchilarining so`ngi maqsadlari aniq emas” – deb yozadi Uz24.