Madagaskar orol-davlatiga yopirilgan “ Ava” tropik dovuli 30 nafarga yaqin insonning hayotiga zomin bo`ldi, deya xabar berdi Ria.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, faqat dushanba kunining o`zida 17 kishi halok bo`lgan.
"Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 29 nafar odam halok bo`lgan, 22 kishi izsiz yo`qolgan, 17 170 nafar odam uylarini tark etishga majbur bo`lgan va yana 83 023 nafar odam jabrlangan”, — deya xabar berdi xavf va halokatlarni boshqarish bo`yicha mamlakat milliy byurosi.
Ta`kidlanishicha, dovul orolga juma kuni tongda yopirilgan, shanba kunning oqshomiga qadar tinchigan, biroq ortidan suv toshqini va sel hosil bo`lishiga sabab bo`lgan. Ko`plab uylar elektr quvvatisiz qolgan.






