Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida RF IIV ning migrasiya masalalari bo`yicha vakolatxonasi yonida tartibsizliklar ro`y berdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
9 yanvar kuni Rossiya Federasiyasi IIVning migrasiya masalalari bo`yicha Dushanba shahridagi vakolatxonasi oldida Rossiyaga ko`chib o`tish haqida ariza topshirmoqchi bo`lgan 2,5 mingga yaqin kishi yig`ilgan. «Vaziyat nazoratdan chiqqanligi tufayli vakolatxona xodimlari milisiya xodimlarini chaqirishga majbur bo`lgan», - deya xabar berdi Tojikiston respublikasi IIV matbuot xizmati boshlig`i Umarjon Emomali.
Milisiya xodimlari tajovuzkor kayfiyatdagi ommani haydab solgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmadi. RF IIVning migrasiya masalalari bo`yicha Dushanbe shahridagi vakolatxonasi yopib qo`yildi. Bino oldida milisiya xodimlari navbatchilik olib bormoqda.
Odamlarni vakolatxona ish tartibi qanoatlantirmaganligi sababli norozilik kelib chiqqan.






