AsosiyDunyo

Askar ovqat isitaman deb, 28 million rubl turadigan BTR ni yoqib yubordi

'Askar ovqat isitaman deb, 28 million rubl turadigan BTR ni yoqib yubordi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik oddiy askar Semyon Merejnikovning konservani olovda isitaman, deb bahosi 28 million rubl bo`lgan BTR-82 harbiy texnikasini yoqib yuborgani aks etgan video tarqaldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Astraxan garnizoni harbiy sudining qaroriga binoan Semyon Merejnikov 6 oy davomida intizomiy harbiy qismda xizmat olib boradigan bo`ldi.

Voqea 2017 yilning may oyida ro`y berganiga qaramay, bu haqda endi ma`lum bo`ldi. Yonib ketgan BTR-82 o`quv mashg`ulotlari o`tkazilayotgani tufayli to`r, brezent va quruq o`t bilan o`rab qo`yilgan edi. Olov ularning yonib ketishiga sabab bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar