AsosiyJamiyat

2015 yildan Urganch bilan Evropani to`g`ridan-to`g`ri aviareyslar bog`laydi

2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi doirasida “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi bir qator yangi reyslarni joriy etishni rejalashtirdi.

Podrobno nashrining «Jahon» axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, 2015 yilning 25 martidan haftada bir marta Toshkent-Vena-Urganch-Toshkent yo`nalishida parvozlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, keyingi yilning 19 aprelidan haftada ikki marotaba Toshkent–Parij–Urganch–Toshkent aviaparvozlari amalga oshiriladi. 2015 yilning 28 martidan esa har hafta Toshkent–Myunxen–Urganch–Toshkent reyslari bo`yicha parvozlar joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar