Shu kunlarda amerikalik olimlar insonning tug`ilgan sanasi uning hayoti davomiyligiga qanday ta`sir ko`rsatishini aniqlashdi, deb xabar beradi Riafan.ru nashri.
Amerikalik tadqiqotchilarning so`zlariga qaraganda, kuz faslida tug`ilganlar bahor oylarida dunyoga kelganlarga nisbatan uzoq umr ko`rishar ekan. Qish faslida tavallud topganlar esa shizofreniya xastaligiga moyil bo`lishar ekan, allergiya va uzoqni yaxshi ko`rolmaslik kasalliklari ularni chetlab o`tarkan.
Qolaversa, o`quv yilining oxiriga yaqin sanalarda ug`ilgan bolalar kuz faslida tug`ilganlarga nisbatan o`qish, ta`lim olishda kam muvaffaqiyatga erisharkanlar.






