Ostona shahrida maktab va davlat muassasalari ishni to`xtatishgan, deb xabar bermoqda Segodnya.ua haftaligi.
Qozog`iston poytaxti Ostona shahrida favqulodda vaziyat e`lon qilingan. Ostona shahrida qo`pgan bo`ron binolar va avtomobillarga zarar etkazmoqda, maxsus xizmat xodimlari shaharliklarni ko`chaga chiqmaslikka chaqirmoqda.
Kuchli shamol tufayli elektroliniyalar ishdan chiqqan, oqibatda esa bir nechta turar joy massivlari chiroqsiz qoldi. Bir qancha avtotrassalar yopilgan, aeroportda esa barcha parvozlar bekor qilingan.






