Kinoteatrlarda hali hamon namoyish etilayotgan “Ada, emas dada” filmi toshobinlar tomonidan iliq qutib olingani hech kimgp sir emas...
Shu kungacha jurnalistlarni qiziqtirgan savollardan biri — “Tohir Sodiqov nega o`z qahramoniga, o`zi ovoz bermadi?” Mish-mishlarga qaraganda Tohir Sodiqov filmning dublyaji uchun prodyusserdan alohida juda katta gonarar so`ragan. Bu haqiqat yoki yo`q bilish uchun xonandaning o`zi bilan bog`lansak, savolimizni ochiq qoldirdi. So`ngra bu mavzuda film prodyusser Obid Asomov bilan gaplashdik.
“To`g`ri, Tohir o`z roliga qayta ovoz berish uchun bizdan qo`shimcha pul so`radi. Ammo kinoning byujeti bunga yo`l qo`ymagani uchun Tohirning ovozidan voz kechib, Faxriddin Shamsimatovga murojaat etdik. Lekin bundan hech ham hafa emasman. Aksincha, dublyajdagi ovoz bilan qahramonga o`ziga yarasha jiddiy xarakter bera olganmiz” deydi Obid Asomovning o`zi.






