Aprel oyida bashorat qilinayotgan sovuqlar O`zbekistonda meva hosilining 35 foizdan ko`pini nobud qilishi mumkin.
Kun nashrining “RIA Novosti” axborot agentligiga asoslanib xabar berishicha, eng yaxshi holatda O`zbekiston kutilgan hosilning kamida 20 foizidan mahrum bo`ladi.
“13-15 aprel kunlari havo harorati pasayishi kutilmoqda, o`tgan hafta esa mevali daraxtlarning gullari g`uncha ochgandi. Bu yakuniy hosilga sezilarli salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin»”, – deyiladi agentlik xabarida.
10-12 aprel kunlari O`zbekiston bo`ylab yomg`ir yog`ishi, 12 aprel kuni kechga tomon ayrim hududlarda qor yog`ishi kutilmoqda. 13-15 aprel kunlari esa havo harorati -1 darajagacha sovishi bashorat qilingan.