Zambiyada so`nggi uch oy mobaynida vabodan 70 kishi vafot etdi, deb xabar berdi Korrespondent.net nashri.
Mamlakatning ba`zi bir tumanlarida vabo tarqalishining oldini olish maqsadida komendant soatlari joriy etildi. Hukumatning mazkur qarori mamlakat poytaxti Lusako shahrida noroziliklarning kelib chiqishiga sabab bo`ldi va polisiyaga qarshi namoyishlar bo`lib o`tdi. Polisiya tartibsizliklarni yuzaga keltirgan oltmishga yaqin odamni qo`lga oldi.






