Uchuvchi mashinalarni yaratish uchun sarflanadigan investisiyalar yuz million dollarda hisoblangani sayin real loyihalar soni ko`payib bormoqda, deb xabar berdi forbes.ru nashri.
Mazkur yangi transport turi 2018 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
Nemis Daimler kompaniyasi ikki o`rindiqli uchuvchi Volokopter apparatini, yapon Toyota kompaniyasi Cartivator uchuvchi mashinasini, xitoy Geely kompaniyasi esa to`rt kishilik o`rindiqqa mo`ljallangan uchuvchi avtomobilini loyihalashtirish uchun investisiyalar ajratdi.






