AsosiyDunyo

Bemorlarining jigariga dastxat qo`ygan jarroh jarima bilan qutulib qoldi

'Bemorlarining jigariga dastxat qo`ygan jarroh jarima bilan qutulib qoldi'ning rasmi

Britaniyalik jarroh Saymon Bremxoll bemorlariga jigar ko`chirib o`tkazish paytida jigarga o`z ismi sharifining bosh harflarini lazer nuri bilan kuydirib o`ziga xos “dastxat” qo`yar ekan. Bu haqda Ntv.ru nashri xabar bermoqda.

Saymonning bu “ijod”i umrbod yopiqligicha qolib ketishi mumkin edi. Negaki jigardagi kuydirilgan izlar ikki haftada bitib ketadi. Ammo Bremxoll bir bemoriga jigar ko`chirib o`tkazganidan so`ng oradan bir necha kun o`tmay bemorning tanasi yangi ko`chirib o`tkazilgan jigarni qabul qilmaydi. Shundan so`ng bemor boshqa bir jarrohga murojaat qiladi. Yangi jarroh bemorning tanasini yorib, jigardagi harflar shaklidagi kuydirilgan izlarni ko`rib hayron qoladi va buni suratga olib, prokuraturaga etkazadi. Oqibatda esa Saymon Bremxollning “qilmish”i ustidan sud bo`lib o`tdi. Uzoq tortishuvlardan so`ng Saymonga 10 ming funt miqdorida jarima solinadigan va 120 soatli jamoat ishlariga jo`natiladigan bo`ldi.

Shunisi qiziqki, sud zaliga jarrohning sobiq bemorlari uning yonini olish uchun kelishgan. Endilikda Buyuk Britaniya kasalxonalaridagi har bir shifokor va hamshiralar sinchkov tekshiruvdan o`tkazilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar