Ko`pchilik kinomuxlislarning ko`nglidan joy olishga ulgurgan aktyor Leonardo di Kaprio rejissyor Kventin Tanatinoning to`qqizinchi kinoloyihasida bosh qahramonn obrazini yaratadi. Bu haqda Elle.ru nashri xabar bermoqda.
Leo allaqachon Tarantinoning “Ozod etilgan Jango” vesternida salbiy qahramon rolida ishtirok etgan. Ma`lumotlarga ko`ra, Tarantinoning to`qqizinchi filmi syujeti o`tgan asrning 70-yillarida AQShda bir necha qotillikni amalga oshirgan butun boshli oila qilmishlari bilan bog`liq bo`ladi. Shuningdek, filmda Tom Kruz hamda Bred Pitt ham suratga tushishi kutilmoqda.







