Braziliyaning Minas-Jerays shtatida ro`y bergan YTH oqibatida 13 kishi halok bo`ldi, 40 kishi esa tan jarohati olishdi, deya yozmoqda Ntv.ru nashri.
Braziliyaning Belu-Orizonti shahriga olib boruvchi katta shosseda ikkita mikroavtobus, ikkita jip va yuk mashinasi to`qnashib ketdi. Yuk mashinasi qog`oz mahsulotlari olib ketayotgan edi, to`qnashuvdan so`ng esa hammasi yonib ketdi.
YTH oqibatida jabrlanganlar kasalxonaga etkazilgan. Avariyaning sabablari o`rganilmoqda.






