Filmlarda salbiy rollarni ijro etib xalqning mexrini qozongan aktyor — Javohir Zokirov biz bilan bo`lgan suhbatda, qarindoshi Nargiza bilan munosabatlari haqida ochiq oydin gapirdi.
Javohir Zokirov: — Nargiz bugun faqat men bilan gaplashib turibdi. Ishi ko`p, gastrol safarlari kundan kunga ko`payib bormoqda. O`zbekistonga nega kelmayotgani sababi haqida esa o`zi gapirgani ma`qul, bu haqda men gapirishim noo`rin.
Biroq shu kunlarda uni O`zbekistonga qaytarish haqida o`ylab yuribman. Uning konsert dasturidan yurtdoshlarimiz ham bahramad bo`lishlarini istayman. Urinishlarim besamar ketmasa, albatta, u bilan ko`rishasiz...