Munisa Rizaeva ilk bor xorijda konsert bermoqda. Bu haqida xonanda o`zining instagram tarmog`idagi sahifasida xabar berdi.
“Ko`p sonli muxlislarim talablariga binoan 18 fevral kuni ilk bor Moskva shahrida yakkaxon konsert dasturimni taqdim etaman. Dasturda sizlarni yangi qo`shiqlar, sevimli bo`lishga ulgurgan xitlar va albatta, jonli ijro kutadi. Ko`rishguncha azizlarim!” deb yozadi Munisa.
Ma`lumot o`rnida, xonandaning konsert dasturi shahardagi "Akvamarin" konsert zalida bo`lib o`tadi.