AsosiyDunyo

AQShning moliyaviy yordamisiz Afg`oniston armiyasi olti oy ham yashay olmaydi

'AQShning moliyaviy yordamisiz Afg`oniston armiyasi olti oy ham yashay olmaydi'ning rasmi

"Biz AQSh ko`magisiz va AQSh imkoniyatlarisiz armiyamizni olti oy ham qo`llab-quvvatlay olmas edik", - dedi Afg`oniston prezidenti Ashraf G`ani, deya yozdi Sputniknews-uz nashri.

Afg`oniston prezidenti Ashraf G`ani CBS telekanaliga bergan intervyusida AQShning moliyaviy yordamisiz Afg`oniston armiyasi olti oy ham yashay olmasligini ma`lum qilgan.

"Ha. Chunki bizning pulimiz yo`q", — degan Afg`oniston prezidenti jurnalistning AQSh yordamisiz Afg`oniston armiyasi chindan ham olti oy hatto yashay olmaydimi, degan savoliga javoban.

Shu bilan birga G`ani Afg`onistonga o`z janglarini olib borishlari uchun boshqa davlatlar kerak emasligi haqida ta`kidlab o`tgan.

Ashraf G`ani shuningdek, mamlakatda 21ta xalqaro terroristik uyushmalarning jangarilari faoliyat olib borayotgani haqida xabar qilgan.


Telekanal ma`lumotlariga 2017 yilda shunday davr bo`lganki, 4 oy muddatda to`rt mingdan ortiq polisiyachilar va harbiy xizmatchilar yarador bo`lgan, 2,5 mingi halok bo`lgan.

Bunday ahvol toki "Afg`onistonda xavfsizlik ta`minlanmagunga qadar davom etadi", deb qayd etgan Ashraf G`ani.


    Boshqa yangiliklar