Qozog`iston prezidentining matbuot xizmatiNursulton Nazarboevning Vashington aeroportida kutib olinishi tasvirlangan videoni e`lon qildi, deya ma`lum qildi Tengrinews.kz.
Nursulton Nazarboevga aeroportda Qozog`istonning Qo`shma Shtatlardagi elchisi Erjan Kazixanov hamrohlik qilgan. Shuningdek, videoga ko`ra, prezidentning etib kelgan vaqtida AQShning Qozog`istondagi elchisi Jon Krol ham bo`lgan.
Ikki mamlakat rahbarlari o`rtasidagi muzokaralar bugun, 16 yanvar kuni bo`lib o`tadi. Nazarboev va Tramp mintaqaviy xavfsizlik hamda iqtisodiy hamkorlik masalalari bo`yicha strategik sheriklikni mustahkamlash va kengaytirish yo`llarini muhokama qiladi.






