1

Shavkat Mirziyoev Xitoy elchisini «Do`stlik» ordeni bilan taqdirladi

Siyosat 17.01.2018, 09:48
Shavkat Mirziyoev Xitoy elchisini «Do`stlik» ordeni bilan taqdirladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev XXR elchisining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo`shgan ulkan hissasini inobatga olib, Sun Liszega Vatanimizning yuksak davlat mukofoti – "Do`stlik" ordenini topshirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi.

Elchi Sun Lisze davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevga uning faoliyatini yuksak baholagani va "Do`stlik" ordeni bilan mukofotlagani, shuningdek, O`zbekistonda XXR diplomatik missiyasi faoliyatiga berilayotgan har tomonlama ko`mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O`zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o`rtasidagi ko`p qirrali va o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda bundan buyon ham faol ishtirok etish maqsadida ekanini ta`kidladi.

Taqdirlash marosimida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1