2018 yil 20 yanvardan boshlab KXDRda asosiy magistral yo`llar pullik bo`ladi. Birinchi pullik yo`l Pxenyan – Vonsan tezyurar sayyohlik yo`nalishda yo`lga qo`yiladi. Bu haqda «Life» sayti xabar bermoqda.
Rossiya elchixonasining xabar berishicha, endilikda «Shimoliy Koreya poytaxtidan Yaponiyaning (Sharqiy) dengiz sohilidagi Vonsan plyajiga yoz mavsumida borishni xush ko`ruvchi rossiyaliklar avtomagistrallardan o`tish uchun 8 evro to`lashlari kerak bo`ladi».
Elchixonaning aytishicha, yangilik nafaqat rossiyaliklarga, balki boshqa xorijiy va mahalliy avtomobil sohiblariga ham tegishlidir.






