AsosiyIqtisodiyot

Qirg`izistonda O`zbekiston milliy sanoat ko`rgazmasi o`tkaziladi

'Qirg`izistonda O`zbekiston milliy sanoat ko`rgazmasi o`tkaziladi'ning rasmi

2018 yilning 5-7 mart kunlari Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida O`zbekiston Respublikasining milliy sanoat ko`rgazmasi bo`lib o`tadi.

Unda elektrotexnika, engil sanoat, ipakchilik, teri-charm, kimyo, neft va gaz, farmasevtika, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, plastmassa, tog`-kon metallurgiyasi, turizm va turistik xizmatlar sohalari korxonalari, firmalari hamda kompaniyalari, shuningdek, hunarmandlar ishtirok etadi. Bundan tashqari, xalq amaliy san`ati namunalari taqdim etiladi.

Ko`rgazmadan ko`zlangan maqsad – O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida biznes-hamkorlik uchun ijobiy sharoit yaratish, hamkorlikni yanada rivojlantirish va takomillashtirish.

    Boshqa yangiliklar