AsosiySUG'DIYONA

Shokoladli pechenelar - resepti o`zgacha

'Shokoladli pechenelar - resepti o`zgacha'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 250 gr. shokoladli pasta, 200 gr. un, 2 dona tuxum, 30 gr. qora shokolad, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Shokoladli pastaga un, tuz, xamiryumshatgich va tuxum qo`shib aralashtiring.

2. Tayyor xamirdan yong`oq kattaligida zuvalachalar yasab, qo`lingiz bilan yoying-da, pishiriq qog`ozi solingan qolipga tering.

3. Endi pechenelar ustiga bir bo`lakdan shokoladdan qo`yib chiqing. Shirinligimiz 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqada pishadi. Pishgach yuziga qand upasidan sepasiz.

45 daqiqa

4 kishilik

    Boshqa yangiliklar