1

Xorijiy davlatlar rahbarlari O`zbekistonga hamdardlik bildirmoqda

Siyosat 19.01.2018, 09:37
Xorijiy davlatlar rahbarlari O`zbekistonga hamdardlik bildirmoqda

Qozog`iston Respublikasining Oqto`ba viloyatida sodir bo`lgan fojiali hodisa oqibatida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo`lgani munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xorij davlatlari rahbarlari ko`p sonli insonlar talofatiga sabab bo`lgan, Qozog`iston Respublikasining Aktyubinsk viloyatida ro`y bergan fojiali hodisa munosabati bilan o`z hamdardliklarini yo`llashmoqda.

18 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan bo`lib o`tgan telefon orqali muloqoti chog`ida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on halok bo`lganlarning yaqinlari va oila a`zolariga o`zining chuqur hamdardligini bildirdi. “Mana shunday musibatli kunda butun turk xalqi nomidan qardosh o`zbek xalqiga sabr-bardosh tilab, marhumlarni Alloh taolo o`z mag`firatiga olishini so`rayman”, deb ta`kidladi Turkiya rahbari.

Shuningdek, davlatimiz rahbari nomiga Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev, Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan yo`llangan samimiy hamdardlik va qo`llab-quvvatlash so`zlari bitilgan maktublar keldi.

Hamdardlik nomalari kelishi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1