O`tgan 2017 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar hajmi 39,5 trillion so`mni tashkil etdi, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati.
Bunda eng ko`p pul tovarlarni sotishdan tushgan – 47 foiz (18,7 trillion so`m). Shuningdek, pullik xizmat ko`rsatish sohasidan tushum – 15 foiz (5,9 trillion so`m), aholining bank omonatlariga joylashtirgan pullari – 14 foiz (5,6 trillion so`m), soliqlar va boshqa majburiy yig`imlar – 11 foiz (4,2 trillion so`m), boshqa sohalardan tushum – 13 foiz (5,1 trillion so`m)ni tashkil etdi.
Birinchi yarim yillikda bank kassalariga 27,7 trillion so`m tushib, yanvar-iyun oylariga nisbatan 15,9 trillion so`m yoki 2,3 martaga ko`paydi.
Keyingi yarim yillikda soliqlar va boshqa majburiy yig`imlarda eng katta o`sish qayd etilgan. 2017 yilning yanvar-iyun oylarida birinchi olti oyga nisbatan qariyb 4 barobar ko`proq, aniqrog`i, 2,5 trillion so`m miqdorida soliq va boshqa majburiy yig`imlar banklarga tushum qilingan.