1

Ta`lim sohasida soatbay haq to`lash o`rtacha 15 foizga oshirildi

Iqtisodiyot 24.01.2018, 10:11
Ta`lim sohasida soatbay haq to`lash o`rtacha 15 foizga oshirildi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori (ro`yxat raqami 2965, 2018 yil 18 yanvar) bilan yangi O`quv mashg`ulotlarini o`tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to`lashning miqdorlari tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.uz.

Bungacha amalda bo`lgan miqdorlar (ro`yxat raqami 2834, 2016 yil 24 oktyabr) 15%ga oshirildi. Bunda aytib o`tilishicha, yangi oshirilgan stavkalar 1.12.2017 yildan, ya`ni o`tgan sanadan boshlab qo`llaniladi. Shu sanadan boshlab eng kam ish haqining miqdori ham oshirilgan.

Bundan tashqari, belgilanishicha, umumta`lim maktablarining 10-11-sinf o`quvchilariga kasbiy ta`lim berishga ixtisoslashtirilgan o`quv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta`limi ustalarining soatbay haq to`lash miqdorlari 14 561,9 so`mni tashkil etadi. Ilgari ular belgilanmagan edi.

Ma`lumot uchun. Soatbay haq to`lash miqdorlari 1 akademik soat uchun belgilangan. Oliy ta`lim to`g`risida nizomning 35-moddasiga ko`ra, barcha turdagi auditoriya mashg`ulotlarining davomiyligi belgilangan – 45 daqiqa (birga olib boriladigan yagona parada mashg`ulotlar o`tkazilganda - 40 daqiqa).

Hujjat 18.01.2018 yildan kuchga kirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1