1

Yuridik shaxslarni “yirik soliq to`lovchilar” toifasiga kiritishning mezonlari ishlab chiqildi

Iqtisodiyot 24.01.2018, 11:00
Yuridik shaxslarni “yirik soliq to`lovchilar” toifasiga kiritishning mezonlari ishlab chiqildi

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining “Yuridik shaxslarni “yirik soliq to`lovchilar” toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash hamda ular bo`yicha soliq ma`muriyatchiligi funksiyalarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi.

Loyihada yuridik shaxslarni “yirik soliq to`lovchilar” toifasiga kiritishning mezonlari sifatida quyidagilar ko`rsatilgan:

Yuridik shaxslarni yirik soliq to`lovchilar toifasi kiritish uchun oldingi soliq davri yakuni bo`yicha quyidagi mezonlarga bir vaqtning o`zida mos keladigan:

soliq davri yakuni bilan hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar summasi eng kam ish haqining 400 ming baravaridan kam bo`lmagan;

tovar aylanmasi miqdori eng kam ish haqining 5000 ming baravaridan kam bo`lmagan;

jami aktivlari qiymati eng kam ish haqining 5000 ming baravaridan kam bo`lmagan yuridik shaxslar tanlab olinadi.

Eng kam ish haqi miqdori yirik soliq to`lovchilar toifasini aniqlash uchun tanlangan soliq davri yakunida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.

Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi “Soliq ma`muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarning yig`iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq yuridik shaxslarni “yirik soliq to`lovchilar” toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash hamda ular bo`yicha soliq ma`muriyatchiligi funksiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Loyiha o`zgartirilishi, qo`shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1