AsosiySport

Navbatdagi Osiyo Kubogi final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etadi

Kelasi yilning yanvar oyida Avstraliyada bo`lib o`tadigan Osiyo Kubogi bahslari - final bosqichida 16ta jamoa ishtirok etadigan so`nggi musobaqa bo`ladi. UFF rasmiy sayti xabar qilishicha, OFKning eng nufuzli musobaqasi final bosqichida ishtirok etadigan jamoalar soni 2019 yilgi musobaqadan boshlab 24tani tashkil etadigan bo`ldi.

Shuningdek JCh saralash bosqichi formatiga ham bir qator o`zgartirishlar kiritildi. Unga ko`ra, JCh so`nggi saralash bosqichida ishtirokchilar soni 10tadan 12taga ko`payadi.

Mazkur o`zgarish OFK tomonidan e`lon qilingan eng muhim uch qarordan biri bo`ldi. Kelasi yilddan boshlab OFK Chaqiruv Kubogi musobaqasi ham o`tkazilmaydi. Shu yilning may oyida Maldiv orollarida bo`lib o`tadigan Chaqiruv Kubogi musobaqasi ushbu turnir tarixidagi so`nggisi bo`ladi.

Osiyo Kubogi final bosqichi saralashi hamda JCh 1-saralash bosqichi o`yinlari birlashtiriladi. OFK bu masalaga yuzasidan yakuniy qarorini navbatdagi qo`mita yig`ilishida e`lon qiladi.

Yangi formatga ko`ra, jami 40ta terma jamoa har bir guruhda besh jamoadan 8 guruhga bo`lingan holda saralash bahslarini boshlaydi. Guruhda birinchi o`rinni kiritgan 8ta jamoa va eng yaxshi ikkinchi o`rinda qayd etilgan yana 4ta jamoa (jami 12ta) Osiyo Kubogi final bosqichi va Jahon Chempionati so`nggi saralash bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritadi. Ya`ni, endilikda JCh-saralash so`nggi bosqichida avvalgidek 10ta emas, 12 ta terma jamoa 6tadan ikki guruhga bo`lingan holda JCh yo`llanmasi uchun kurashadi.

Qolgan 24ta jamoa 4tadan 6ta guruhga bo`lingan holda Osiyo Kubogi final bosqichining qolgan 12ta yo`llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.

OK final bosqichi va JCh so`nggi saralash bosqichi ishtirokchilari sonining kengaytirilganini OFK boshqa Futbol Uyushmalari terma jamoalarining ham ushbu musobaqalarda ishtirok etishini ta`minlashi bilan izohlagan.

    Boshqa yangiliklar