1

Baxt keltiruvchi gullar

SUG'DIYONA 24.01.2018, 13:54
Baxt keltiruvchi gullar

Xonaki gullarning insonga baxt keltirishini eshitganmisiz? Bunga ko`pchilik ishonmasligi mumkin, ammo Xitoyning fen-shuy ta`limotiga ko`ra, biz o`z uyimizda mehr bilan parvarishlab o`stiradigan ko`pgina xonaki gullarning o`ziga xos "karomati" bo`lib, ularning biri xonadoningizga daromad keltirsa, yana biri baxt, boshqasi esa quvonch olib kelishi mumkin. Ammo shunday gullar borki ular o`z egalariga faqatgina salbiy quvvat ato etib, umrini xazon qilishga ham qodir. Olimlarning uzoq yillik kuzatishlari natijasida ana shunday gullar turkumini hukmingizga havola etmoqchimiz.


Spatifillum (xalq orasida "Ayol baxti" nomi bilan mashhur). Bu ko`p yillik o`simlik Janubiy Amerika o`rmonlarida o`sadi. O`simlik har qanday sharoitda ham rivojlanadi, faqatgina unga har kuni suv purkab turish, bahorda esa yangi tuproqqa ko`chirib o`tkazish zarur. Spatifillum bor xonadonda turmushga chiqa olmayotgan qizlar tezda o`z baxtini topishadi, ayollar farzandli bo`lishadi, oilada esa doimo sevgi-muhabbat, o`zaro hurmat hukmronlik qiladi.

Uzambar binafshasi yoki senpoliya binafshalari doimo e`tiborda bo`lishni hush ko`rgani bois, yorug`likni sevishadi. Ammo ochiq quyoshda qoldirsangiz, barglari tezda "kuyib" oqish-sarg`ish rangga kiradi. Binafshalar xonadondagi tinchlik-totuvlikni saqlaydi. Bundan tashqari, xitoyliklar uni abadiy muhabbat ramzi sifatida ham qadrlashadi.

Xitoy atirgulining issiqsevarligi boisi - uning asl vatani tropik o`rmonlar bo`lib, 35 daraja harorat xitoy atirguli uchun eng maqbulidir. Agar uyingizda xitoy atirguli paydo bo`lsa allaqachon unut bo`lib ketgan to`yg`ularingizning yangilanishini kutavering.



Xoyya, ya`ni shamsimon chirmovuq dunyoning aksariyat mamlakatlari, xususan Italiya, Fransiya, Indoneziya, Kanadada bir-biriga ko`ngil qo`ygan yoshlarning eng asosiy sovg`asidir. Uyda o`stirilgan xoyyani esa yotoqxona derazasining tokchasiga qo`ysangiz, oilaviy baxt olib keladi.

Aixrizonni xalq orasida "muhabbat daraxti" deb ham atashadi. Mazkur xonaki gul 30 sm.ga-cha o`sib, uning barglari yurak shaklida bo`lgani bois o`z egasiga baxt va muhabbat keltiradi.



Kalateya gulining Vatani Janubiy Amerika bo`lib, uning naqsh qoplangan chiroyli barglari har qanday xonadonning ko`rki bo`lishi shubhasiz. Qadimgi hindular kalateyani "oila baxtining kaliti" deb atashgan. Siz ham uni xonadoningizda o`stiring va uyingiz baxt va quvonchga to`lishiga ishoning.



Xlorofitum ham "oila guli"dir. U har qanday sharoitga ham moslashib, tez o`sadi. Chiroyli Qunchalari esa ko`ngillarni yayratib, ko`zni quvontiradi. Xlorofitum suvni yaxshi ko`rgani uchun uni tez-tez sug`orib turish lozim.


Oksalisni nafaqat uyda, balki bog`da, manzarali o`simlik sifatida ham o`stirish mumkin. Yana bir g`aroyib, anturium guli ham borki, ko`pchilik uni "erkaklar baxti" deb atashadi. Uning 10 dan ortiq navi bo`lib, quyoshni yoqtirmaydi, yuqori nam-likda o`sadi. Uning zaharli ekanligini ham unutmang. Ammo aynan anturium erkaklarga kuch-quvvat bag`ishlashi bilan birga, muvaffaqiyat va baxt keltiradi.


Matluba ABDUSATTOROVA,
Jizzax shahar Salomatlik markazining rahbari

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1