E.Muhitdinov, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari:
- O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasida intizomiy jazolar belgilangan.
Jumladan, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo`llashga haqli:
- hayfsan;
- o`rtacha oylik ish haqining o`ttiz foizidan ortiq bo`lmagan miqdorda jarima;
- mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari).
Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o`rtacha oylik ish hakining ellik foizidan ortiq bo`lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ushbu kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
Ushbu kodeksning modda talablarida nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo`llanish taqiqlanadi.