AsosiySport

APL-35 tur. “Liverpul” chempionlikka yaqin turibdi (VIDEO)

Kecha Angliya premer ligasining 35-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. 

“Manchester Siti” hamda “Chelsi”ning ochko yo`qotishidan “Liverpul” foydalandi va chempionlikka juda ham yaqin keldi.  “Norvich” bilan kechgan qiyin uchrashuvda “Liverpul” futbolchilari 2:3 hisobida g`alaba qozonishdi va edi  “Liverpul” yaqin taqibchilaridan 5 ochkoga oshib ketdi.

Qolgan uchta turda 4 ochko “Liverpul”ni Angliya chempioniga aynlantiradi. Ammo, ularni oldinda “Chelsi” bilan uchrashuv kutib turibdi. Ushbu uchrashuv finalga aylanishi hech gap emas.  

“Liverpul” hamda “Chelsi” o`rtasidagi 36-tur uchrashuvi 27 aprel kuni 17:55 da bo`lib o`tadi.

“Manchester Yunayted” klubi esa cho`kishda davom etmoqda. “Qizil iblislar” bu turda Liverpulning boshqa bir jamoasi - “Everton”ga 2:0 hisobida mag`lub bo`lishdi.

Barcha natijalar bilan tanishing:  

Norvich – Liverpul 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – Sterling (4), 0:2 – Suares (11), 1:2 – Xuper (54), 1:3 – Sterling (62), 2:3 – Snodgrass (77).



Xall – Arsenal 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – Remzi (31), 0:2 – Podolski (45), 0:3 – Podolski (54).

Everton – Manchester Yunayted 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – Beyns (28, penalti), 2:0 – Miralyas (43).

Manchester Siti – Vest Bromvich
21 aprel, 23.00, «Etixad Stedium»

Tottenxem – Fulxem 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – Paulino (35), 1:1 – Siduell (37), 2:1 – Keyn (48), 3:1 – Kabul (62).

Vest Xem – Kristal Pelas 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – Edinak (59, penalti). 

Nyukasl – Suonsi 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – Sh. Ameobi (23), 1:1 – Boni (45), 1:2 – Boni (90, penalti). 

Aston Villa – Sautgempton 0:0 (0:0, 0:0)

Kardiff – Stok Siti 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – Arnautovich (45, penalti), 1:1 – Uittingem (51, penalti). 

Chelsi – Sanderlend 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – Eto′O (12), 1:1 – Uikxem (18), 1:2 – Borini (82, penalti). 

Musobaqa jadvali

1 Liverpul 35-80

2 Chelsi 35-75

3 Manchester Siti 33-71

4 Arsenal 35-70

5 Everton 35-69

    Boshqa yangiliklar