1

Muhabbat siniqlari

Mutolaa 25.01.2018, 12:14
Muhabbat siniqlari

Uning yana yuragi g`ashlandi. Ko`ksini nimadir kuydirdi. Shu payt erining telefoni jiringladi. Ayolning tilka vujudi jamlanib, quloqqa aylandi, go`yo. Shamsiddin esa katta, yupqa, yalpoq telefoni ustida barmoq yurg`izarkan, og`zini ochmasdan dimog`ida kuldi.

Muxlisadan ham yaqinroqqa aylangan hamrohini qulog`iga bosganida ham o`sha holda hiringlardi. Ayol yotoqqa kirayotgan kishi bo`ldi-da, televizorga ro`para o`tirgan erining orqa tomoniga o`tib, qotib turdi. Erkak butkul unga beparvo. Dunyoda faqat telefondagi suhbatdoshi va o`zi bordek. Hamon bir so`z aytmay, og`zini ham ochmay kuladi xolos. Bu Muxlisani battar ezadi.

“Hozir boraman-u, telefonini qo`lidan yulqib olib, otib yuboraman! Yo`q, avval ekraniga qarayman. Kim ekan?”

U xayolini ko`z o`ngida jonlantirib, o`zini yo`qotdi.

Yuragi bo`g`zida urayaptimi, nima balo? Hali eri tomon bir qadam ham tashlagani yo`q-ku! Unday qilolmaydi...

Yotoq karavoti tomon qadam tashlarkan, o`zini behol sezdi. Hali karavotga etmay turib, qaddi bukildi. Qo`lini cho`zib, karavotga tayangancha ohista o`tirarkan, o`zini eskirgan, quvvati tugagan, keraksiz soat batareykasidek his qildi. Olib kelingan chog`ida avaylab soatga joylangan, soatning “chiqillashi”dan quvonib, ehtiyotkorona tepaga osilgan, endi yangisi kelganida unga umuman achinmasdan, o`ylamay, beparvo uloqtirilgan batareyka...

Uni ham yaroqsizga chiqarib, bir chetga otishdi.

Muxlisaning yig`lagisi keldi. Boya tomog`iga qadalgan yurak endi olov kabi kuydira boshladi. Uning holini yanada abgor qilishga uringandek eri quvnoq ovozda dedi:

— Qanaqa kafe? Restoranda o`tiramiz.

— Sovg`a ham bo`ladi. Sovg`a olmay bo`ladimi? — erining bu gapidan so`ng uning tanasini jon tark etayotgandek, sekin o`ringa cho`zildi.

—O`ylab ko`ramiz, balki u yoq-bu yoqqa ham borarmiz. Hozir hamma restoranga borishdan avval shahar aylanayotgan ekan-ku!

— Yuragida muhabbati borlar nima qilarkan? — shu gap og`zidan chiqishi bilan baralla qiyqirdi eri.

— Anvar sinfdoshim bor-ku, o`sha... — dedi Shamsiddin gaplashib bo`lgach, Muxlisaga qarab. — Ertaga ko`rishaylik deyapti.

— Esimda. Aniq o`qiyman! Xuddi avvalgidek: “Kecha kelgumdir debon, ul sarvi gulro` kelmadi...” — Shamsiddin g`azalning bir baytini shunchalar chiroyli o`qidiki, Muxlisa avval sira eshitmagandi.

— Qaysini? O`-o`-o`, uni sevaman! Hozir ham sevaman: “O`n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur, Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakiz yoshindadur...” O`qiyman, o`sha kuni ikkalasini ham o`qiyman!

— Oyi, biz keldik. Mana, olib keldik, — katta o`g`lining ovozidan ayol sergak tortdi.

— Oyi, ko`rmaysizmi? — kichik o`g`lining qiziquvchanligi tutganini payqagan ona o`rnidan qo`zg`aldi.

— Ochaymi? — katta o`g`li qo`lidagi qutiga ishora qildi.

— Bu juda katta ekan-a, oyi? — kichkinasi akasiga yanada yaqinlashdi. — Endi sochingiz bir deguncha quriydi. Qarang, tugmalari ham ko`p ekan...

— Ichkariga qo`y, — dedi-yu, eriga yuzlandi: — Ovqat suzaymi?

— Oying rosa och qolibdimi? — o`g`illariga qarab kuldi Shamsiddin. — Yo jahl ari chaqdimi?

— Hech kim jahl arini chaqirgani yo`q! — dedi kichkina o`g`li.

— Hech narsa chaqqani yo`q, meni! — kosasidan ko`z uzmay dedi Muxlisa. — Men o`zimni ariga chaqtirib, qarab o`tiradigan yoshdan o`tganman...

— Oldik, askarlar! Bugun bizam qo`mondondan iltifot kutmaymiz! — tag`in kuldi eri. — Chunki qo`mondonning o`zi bo`ridek och ekan...

— Musi, — dedi oxiri har doimgidek erkalab. — Qo`limni bog`lab qo`y!

— Aytgan soch quritgichingni olib kelmabdimi, jahling chiqdi... — xotinining dil tug`yonlaridan bexabar er sababni boshqa tomondan qidirdi.

— Yoqdi, — naridan beri erining barmog`ini boylashga kirishdi ayol.

— Mus-i-i, maktabni bitirganimizga yigirma yil bo`libdi. Qara, yigirma yil! Bolalar tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Kafeda nishonlaymiz, deydi. Nima bor kafeda? Restoran gaplashamiz, dedim. Ustozlarga sovg`a ham olish kerak. To`g`rimi? Yaxshilab boyla, Musi... Har kuni bitta sinfdoshim telefon qiladi. Bir-birimizni yo`qlamay qo`ygandik. Mana, yubeley bahona qo`ng`iroqlashib, bolalikka qaytgandek bo`lyapmiz. Adabiyot o`qituvchimizga mening g`azal aytishim yoqardi. Ayniqsa, Navoiy g`azallari... Yigirma yillikda aytsammi, deyapman. Bolalar ayt, deyapti. Hech kim kulmas, a? Vah, sekin Musi, og`ridi barmog`im... Maygacha ancha bor, lekin hamma hayajonda! Yigirma yil oz vaqt emas-da! G`azal o`qiymi, yo`qmi, Musi? “O`n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur, Ne ajab chun sarvinozim o`n sakiz yoshindadur...” — Shamsiddin g`azalni go`zal o`qish barobarida rafiqasining iyagidan tutib, o`ziga qaratdi.

Uning yana dimog`da kulgani eshitildi. Bu kulgi Muxlisaning yanada holsizlantirdi.

Qachon bu qadar o`zgardi, eri? Qaysi payt Muxlisa uni yo`qotdi? To`g`rirog`i, o`zidan yiroqlashtirdi? Ha, shunday bo`ldi. Shamsiddin har kungi vaqtda uyga keladi, ro`zg`or tashvishlarini unutmaydi, bolalari uchun ham har doimgidek mehribon, jonkuyar. Faqat undan yiroqda. Bir uyda yashashyapti-yu, oralaridagi masofa cheksiz...

“Men ko`nglini qoldiradigan ish qilmadim. Har doim parvonaman. U bo`lsa...”

O`kirib yubormaslik uchun yuzini bolishga bosdi.

Ayol erining so`zlari qulog`iga kirmasligi uchunmi, yo og`riqni bosish niyatidami ikki kafti bilan boshini g`ijimladi.

“Shunchalikka ham boradimi? Meni eshityapti ham demaydi...”

Muxlisaning xo`rligi keldi. O`zini tandirdan uzilgan issiq non kelgan chog`ida indamay nari suriladigan qotgan nonga o`xshatdi. Lekin qotgan nonni ham avaylashadi. Hech bo`lmaganda talqon yo mol uchun asrashadi. U-chi? Uni asrashayotgani ham yo`q. Toptashyapti...

Yomonga qo`shilsa, shunaqa bo`ladi. Yaqinda bir sinfdosh o`rtog`i bilan topishgandi. Eshitgan, u yoshligida juda bezori va semuhabbat bo`lgan ekan. Qaynonasi yangi kelin bo`lgan chog`larida ham erining o`sha sinfdoshi kelsa, norozi bo`lardi.

“Oyi, Anvar endi oilali, ikkita bolaning otasi... O`zgargan, bosilgan...”, — oqlardi eri.

Bir haftacha avval o`sha qo`ng`iroq qildi.

Mana, u bilan uchrashganiga bir hafta bo`ldimi, yo`qmi, butkul o`zgardi. Uyga kelgan zahoti telefoni jiringlab, “Ie, o`zlari-ku! Sog`inganmiz...” deganidayoq Muxlisaning qalbi darz ketgandi. Keyin har kuni ishdan qaytgach, bugungi kabi gaplarni aytib, vayron dilini burdalayapti.

Erining suhbati avjiga chiqqani sari Muxlisaning madori qurib borardi. Xuddi tilka-tilka bo`lgan yuragidagi muhabbati ham chil-chil bo`lgan, endi o`sha siniqlar ham umalanayotgandek hissiz va jonsiz edi.

U qancha yotdi, Shamsiddinning otashin gurungi qachon tugadi, bilmadi ham.

Eri ham hiring-hiringgini o`g`illari bilishini istamagandek, suhbatini yakunladi.

“Bolalarni qayoqqa yuborgandim? Nimani olib kelishdi?”

Yotoqdan chiqib, zalga qadam qo`yarkan, eri tomonga qiyo boqqisi ham kelmadi. Lekin beixtiyor nigohlari uning hamon telefondan ko`z uzmay o`tirganini sezdi.

Qog`oz qutining yuzasidagi suratni ko`rgachgina Muxlisa o`g`illarini qo`shni “dom”da yashovchi savdogar ayolnikiga yuborganini esladi.

Ayol soch quritgichni hafsalasiz tomosha qildi.

Shamsiddin butun borlig`i bilan telefoniga kirib ketgudek bo`lib o`tirgani uchun eshitmadi, ham. Muxlisa shu matohni chiqarganni ham lan`atlab, oshxonaga yo`naldi.

“Bunchalar aqlini olgan kim? O`sha Anvar kim bilandir tanishtirib ketgan buni. Nima qilsam ekan? Qaynonamga aytsammikan? Har doim menga “bo`shsiz” deb yurardi. “Yaxshi bo`pti, lallayib yuravering”, deydi-da! Qachon menga o`zgani sevib qolganini aytarkan? Aytarmikan? Buncha anqov bo`lmasam, axir aytib bo`ldi-ku! Oshkora, yonginamda g`azal o`qib o`tiribdi-yu... Bu degani “Mana, eshityapsan, bilding, o`zing xulosa chiqar”, degani-da! Nima qilishim kerak, endi? Janjal qilib, chiqib ketishimni kutyaptimi? Biri o`n, biri sakkiz yosh bo`lib, bo`yi bo`yimga tenglashay degan o`g`illarimni etaklab otamnikiga ketamanmi, endi?”

Sal avval holsiz, kuchsiz, ojiz yotgan ayol endi g`azabdan titrab, yona boshlagandi. Qaerdandir yog`ilib kelayotgan kuch qonini ham qaynatayotgandi.

“Ketib bo`pman! Meni hali biror marta kafega olib bormagan odam, unga restoran va`da qilyapti-yu, jim ketamanmi? Men ham bez bo`lib yashayveraman! Ko`zim ko`r, qulog`im kar! Qani, qanaqa qilib aytarkansiz, sevib qolganingizni? Qanday qilib, haydarkansiz, meni? Bir haftadan buyon ahmoqqa o`xshab o`zimni eb yuribman-a? Endi ko`rasiz, gung, kar, ko`r xotin bilan yashash qanaqaligini! Yonimga olib kelsangiz ham parvo qilmayman! Ko`rmayman, eshitmayman, gapirmayman! Shunaqa qilib kuydiraman...”

Muxlisa bir zumda ovqatni suzib dasturxonga keltirdi. Shunchalik xayollariga berilib ketdiki, hech kimga qaramay ovqatni eya boshladi ham. Har doim erining boshlashini kutadigan, farzandlariga ham shuni uqtirgan ayolning bu qilig`i hammani lol qildi. Er hatto anqaygancha, telefonini chetga oldi.

Ular oilada achchig`i chiqqan kishiga shu iborani qo`llashardi.

Muxlisa kechki ovqatdan so`ng idishlarni yuvdi, kiyim dazmol qildi, televizor ko`rdi. Baribir chalg`imadi. Alami zo`rligidan atay yotoqqa kirmay o`tiraverdi. Erining uxlashini kutdi. Shamsiddin ham jo`rtaga qilgandek, yotay demasdi.

Muxlisaning ko`z oldiga erining ko`cha boshlagan tirnog`i keldi. To`rt kuncha avval eshik zulfini tuzatayotganida barmog`ini urib olgandi. O`sha barmog`ining tirnog`i ko`karib, endi ko`chyapti. Noiloj o`rnidan qo`zaldi ayol.

Muxlisa erining ko`zlariga qarolmadi. Lekin qalbida, boya gumondan chil-chil bo`lgan muhabbati siniqlarida erining aksini ko`rdi...

Nargiza USANBOEVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1