1

2017 yilda O`zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi qisqardi

Iqtisodiyot 26.01.2018, 06:33
2017 yilda O`zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi qisqardi

2017 yilda benzin ishlab chiqarish hajmi 2016 yildagiga nisbatan 2,5 foizga qisqargan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi hisobotida keltirilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilda O`zbekistonda 1 million 106 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan. 2016 yilda bu ko`rsatkich 1 million 134 ming tonnani tashkil etgan.

O`tgan yilda dizel yoqilg`isi ishlab chiqarish hajmi 4,5 foizga qisqargan.

2016 yilda 1 million 8 ming tonna dizel yoqilg`isi ishlab chiqarilgan bo`lsa, 2017 yilda O`zbekistondagi qayta ishlash korxonalari tomonidan 963 ming tonnaga yaqin mazkur turdagi yoqilg`i ishlab chiqarilgan.

Ayni vaqtda engil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 58,1 foizga, avtobus ishlab chiqarish 16,4 foizga, yuk avtomobillar ishlab chiqarish sur`ati 7,5 foizga ortgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1