1

«Nogiron bola parvarishlayotgan ayol daromad solig`idan ozodmi?»

Savol-javob 27.01.2018, 10:10
«Nogiron bola parvarishlayotgan ayol daromad solig`idan ozodmi?»

Murojaatlaringizga advokat Nafisa IBRAGIMOVA javob beradi. Eslatib o`tamiz, mutaxassis izohi tavsiyaviy xarakterga ega.


– Farzandimga aqli zaiflik bo`yicha nogironlik belgilangan. Uning parvarishi bilan band bo`lib, 15 yil hech qaerda ishlamadim. Yaqinda ishga joylashdim. Eshitishimcha, bolasi nogiron onalardan daromad solig`i ushlab qolinmas ekan. Haqiqatan ham shundaymi? Buning uchun qaerga va qanday hujjatlar bilan murojaat qilishim zarur?

Gavhar Teshaeva, Buxoro viloyati


— O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 180 – moddasi, 12 bandida bolaligidan nogiron bo`lgan, doimiy parvarish talab qilinadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biri daromad solig`idan ozod qilinishi nazarda tutilgan. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog`liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma`lumotnomasi, fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organi ma`lumotnomasi (birgalikda yashashga taalluqli qismida) asosida beriladi. Imtiyoz jismoniy shaxsning asosiy ish joyi bo`yicha qo`llanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1