AsosiySport

“Atletiko” “Chelsi” darvozasiga yo`l topa olmadi

Kecha Evropa Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

“Barselona”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Atletiko” o`z maydonida Londonning “Chelsi” klubini qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi -  0:0. Uchrashuvning 16-daqiqasida mehmonlar darvozaboni Petr Chex jarohat olib, maydonni tark etganini qayd etish lozim.  Endi Chexni yakshanba kuni Angliya chempionati doirasidagi “Liverpul”ga qarshi kechadigan juda muhim uchrashuvda qatnashishi so`roq ostida turibdi.

Bugun ikkinchi yarim final uchrashuvi bo`lib o`tadi.  “Real” o`z maydonida “Bavariya”ni qabul qiladi.  

 

    Boshqa yangiliklar