1

Banklarning tushlik tanaffus vaqti o`zgarmoqda

Iqtisodiyot 29.01.2018, 15:16
Banklarning tushlik tanaffus vaqti o`zgarmoqda

Joriy yilning 1 fevralidan e`tiboran, bank xodimlarining tushlik tanaffus vaqti soat 13:00 dan 14:00 gacha etib belgilandi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ma`lum qilishlaricha, aholi, korxona va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlariga bank xizmatlari ko`rsatishda yanada qulaylik yaratish maqsadida ichki mehnat tartibi qoidalari qayta ko`rib chiqildi.

Gap shundaki, bank boshqaruvining 2018 yil 27 yanvarda qabul qilingan tegishli qaroriga muvofiq, banklarning barcha filial hamda aholiga xizmat ko`rsatish bo`linmalarida tushlik tanaffus vaqti o`zgartirildi.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda bank xodimlarining tushlik vaqti soat 14:00 dan 15:00 gacha.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1