1

“Sinf rahbarlikka qancha oylik to`lanadi? Daftar tekshirishga-chi?”

Savol-javob 31.01.2018, 15:55
“Sinf rahbarlikka qancha oylik to`lanadi? Daftar tekshirishga-chi?”

Telegram orqali mushtariylardan kelgan savolga O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazir o`rinbosari J.Sidiqov javob berdi:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah­ka­masining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta`limi xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida”gi 275-sonli qaroriga asosan umumta`lim muas­sa­salari o`qi­tuv­chilariga qo`shimcha haq to`lovlari eng kam ish haqi miqdoriga (O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 noyabrdagi PF-5245-sonli Farmoniga asosan 2017 yil 1 dekabrdan boshlab 172 240 so`mni tashkil qiladi) nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

a) sinfdagi o`quvchilar soniga ko`ra sinf rah­bar­li­gi uchun;

15 nafar o`quvchigacha — 50 foiz (86 120 so`m);

16 nafardan 20 nafar o`quvchigacha — 60 foiz (103 344 so`m);

21 nafardan 25 nafar o`quvchigacha — 70 foiz (120 568 so`m);

26 nafardan 30 nafar o`quvchigacha — 80 foiz (137 792 so`m);

31 nafar va undan ko`p o`quvchi bo`lganda — 100 foiz (172 240 so`m);

b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — 50 foiz (86 120 so`m), sinfdagi (sinf-komplektdagi) o`quvchilar soni 15 nafargacha bo`lgan kam komplektli maktab­larda esa — 25 foiz (43 060 so`m);

v) informatika kabineti mudirligi uchun — 50 foiz (86 120 so`m).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1