1

Xavfsizlikni ta`minlovchi yangi qurilma ixtiro qilindi

Hi-tech 01.02.2018, 15:06
Xavfsizlikni ta`minlovchi yangi qurilma ixtiro qilindi

«ELDAS» mas`uliyati cheklangan jamiyatining ilmiy xodimi Durbek Yakubov tomonidan avtofurgonlar, temir yo`l sisternalari, omborxonalar eshiklarini qulflash va bir paytning o`zida plombalash imkonini beruvchi berkitish-plombalash uskunasi ixtiro qilindi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

Yangi ishlanma ochishga bardoshli, ya`ni ishonchlilik darajasi yuqori bo`lishi bilan birga qurilmani qulflashda ko`p kuch sarfini talab qilmasligi bilan o`ziga xosdir.

Berkitish-plombalash qurilmasi bungacha ma`lum bo`lgan shu turdagi qurilmalardan tubdan farqlanadi, eng avvalo, u konstruksiyaning pishiq va mukammal texnik echim bilan bajarilgani, bunday qurilmalarga qo`yiladigan zamonaviy xavfsizlikni ta`minlash talablariga javob berishi bilan afzaldir. Bundan tashqari, bu qurilmani sanoat ishlab chiqarishining barcha sohalari va yana ko`plab boshqa tarmoqlarda qo`llash imkoniyati mavjudligi, unga bo`lgan talabning yuqori bo`lishini ta`minlaydi.

Agentlik tomonidan qurilma yaratuvchisi D.Yakubovga IAP 05509 raqamli patent topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1