“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Tito Vilanova og`ir xastalikdan so`ng 45 yoshida olamdan ko`z yumdi.
Vilanova ikki yil davomida oshqozon saratoni bilan kurashib keldi. Ushbu xastalik tufayli u “Barselona” klubidan ketishga majbur bo`lgandi.
Bugun u ahvoli og`irlashib kasalxonaga keltirilgan va operasiya qilingandi. Afsuski, bu operasiyadan keyin u o`ziga kelmay olamdan ko`z yumdi.
“Barselona» bosh murabbiyligida Vilanova Ispaniya chempionatida 2012/13 yilgi mavsumda g`alaba qozongandi. U o`shanda jamoa bilan La ligada rekord hisoblangan 100 ochko jamg`arishga muvaffaq bo`lgandi.