AsosiySport

“Bunyodkor”ga texnik mag`lubiyat yozilishi mumkin

Xabaringiz bor, Qatarda bo`lib o`tgan “Al Jaish” - “Bunyodkor” bahsida toshkentliklar 2:1 hisobida g`alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishdi. “Al Jaish” esa mag`lubiyatga uchragani tufayli guruhdan chiqa olmadi, vaholanki, ularni durang ham qoniqtirardi.

Bahs yakuniga etganidan so`ng oradan ko`p o`tmay “Al Jaish” “Bunyodkor” ishtirokidagi o`yinlarga texnik mag`lubiyat yozish kerakligi haqida OFKga murojaat qildi, deya xabar bermoqda Championat.asia nashri. Bunga sabab etib “Bunyodkor” futbolchisi Anvar G`ofurovning bu yilgi OChLda ikkita klub tarkibida maydonga tushgani ko`rsatilgan. 

Yaxshi bilasiz, Anvar G`ofurov shu yilning o`zida dastlab “Lokomotiv” (pley-off), keyin “Bunyodkor” (guruh bosqichi) safida OChL o`yinlarida maydonga tushdi. Xususan Qatardagi bellashuvda 6-raqamda to`p surgan G`ofurov maydonda to`liq harakat qildi. 

“Al Jaish” yozgan shikoyat xatida futbolchining bu yilgi OChLda ikkita klub tarkibida o`ynagani asos qilib olingan va ularning fikricha, bu erda reglament buzilgan. Bizga ma`lum bo`lishicha, OFK hozir shu masalani o`rganib chiqyapti.

    Boshqa yangiliklar