AsosiySport

Sanjar Tursunov Ukraina teleshousida qatnashdi (video)

O`zbekiston terma jamoasi va Ukrainaning "Vorskla" klubi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov o`ziga hos teleshouda ishtirok etdi, deya yozadi Uff.uz sayti.

Sanjar "Mo`ljalga aniq ol!" teleo`yinida "Vorskla"dagi jamoadoshi Oleg Mishenko bilan kuch sinashdi. Futbolchilar chamasi 10 metrlar uzoqlikdagi savatga to`pni tushirish borasida bellashdilar. Sanjar Tursunov o`nta urinishdan bir bora mo`ljalni aniq olgan bo`lsa, hujumchi Oleg Mishenko biror marta ham savatga to`pni tushira olmadi va Sanjar teleshou g`olibiga aylandi.

    Boshqa yangiliklar