2021 yilgacha O`zbekistonda ko`mir qazib olish hajmi ikki barobarga oshiriladi

Iqtisodiyot 04.02.2018, 12:49
2021 yilgacha O`zbekistonda ko`mir qazib olish hajmi ikki barobarga oshiriladi

Iqtisodiyot vazirligining axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra o`tgan yilda respublikada ko`mirga bo`lgan talab 4,8 million tonnani tashkil etib, bu ehtiyoj to`liq qoplangan.

Ko`mir korxonalari tarmog`ini barqaror va muvozanatli taraqqiy ettirish, ko`mir va ko`mir mahsulotlarini ishlab chiqarish, etkazib berish hajmini oshirish maqsadida iqtisodiy sektor, ijtimoiy tarmoq sohalari va aholi talablari inobatga olingan 2017-2021 yillarda ko`mir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish dasturi tasdiqlangan.

Dasturga ko`ra 2021 yilga kelib O`zbekistonda ko`mir qazib olish hajmi 11 million tonnani tashkil qiladi.

Ma`lumot uchun, ayni vaqtda Boysun va Sharg`un ko`mir konlarida modernizasiya ishlari boshlangan. Geologlar xulosasiga ko`ra, mazkur konlarda jami 60 million tonnadan ziyod toshko`mir zahirasi bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1