O`tgan yilda poytaxtda o`rtacha oylik maosh miqdori 2 million 818 ming so`mni, o`rtacha oylik pensiya esa 692 ming so`mni tashkil etgan. Bu haqda 2012-2017 yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018 yil reja ko`rsatkichlarida keltirilgan.
Dastlabki prognozlarga ko`ra, joriy yilda o`rtacha oylik maosh 3 million 96 ming so`mga etkaziladi, o`rtacha pensiyalar miqdori 805 ming so`mdan oshadi.
Hujjatda qayd etilishicha, oylik maoshlari hajmi 2012 yildan beri uch barobar, pensiyalar ikki baravarga oshgan.