AsosiySport

Atletlarimiz Osiyo chempionatida uchta medalga sazovor bo`ldi

'Atletlarimiz Osiyo chempionatida uchta medalga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Eronning Tehron shahrida engil atletika bo`yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ikki oltin va bitta kumush medalni qo`lga kiritib, yurtimizga qaytib keldi.

Qit`amizning 23 davlatidan 300 nafardan ortiq atletlar g`oliblik uchun o`zaro kuch sinashgan chempionatda Nadiya Dusanova balandlikka sakrashda, Elena Smolyanova esa yadro uloqtirishda g`alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo`lgan edi.

Shuningdek, Osiyo chempionatining ko`pkurash bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Aleksandra Yurkevskaya 3858 ochko to`pladi va kumush medalini qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar