O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosiy qoidalari “2030 yilgacha Barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini amaliy ro`yobga chiqarish bo`yicha O`zbekiston hukumatining chora-tadbirlari to`g`risida” degan nom bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko`ra, hujjat tashkilotning rasmiy tillariga (arab, ingliz, ispan, rus, fransuz va xitoy) tarjima qilindi hamda BMTda akkreditasiyadan o`tgan barcha diplomatik vakolatxonalarga tarqatildi, shuningdek, BMT rasmiy hujjatlari tizimida joylashtirildi.