Xalq ta`limi vazirligi tomonidan ustoz-murabbiylarning sha`ni, qadr-qimmati va obro`sini qonuniy himoya qiladigan qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Milliy matbuot markazida bo`lib o`tgan tadbirda Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov ma`lum qildi.
– Mazkur qarorda chekka-chekka tumanlarda, o`zi yashaydigan hududdan olisda mehnat qiladigan o`qituvchilarga uy-joy ajratish, moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi, – dedi U.Inoyatov. – Bu bilan xalqimiz orasida o`qituvchi degan sharafli kasb egalarining obro`sini yanada oshirish ko`zda tutilgan.