AsosiyJamiyat

O`zbekistonga kelgan chet el fuqarolariga qisqa muddatli kirish vizalari beriladi

'O`zbekistonga kelgan chet el fuqarolariga qisqa muddatli kirish vizalari beriladi'ning rasmi

2018 yil 1 maydan boshlab tranzit bo`yicha harakatlanayotgan xorijiy yo`lovchilarga kelishlari bilan 72 soat muddatga qisqa muddatli kirish vizalarini berish joriy qilinadi. Bu haqda Prezidentning 6 fevraldagi "Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorida belgilandi. Qaror matni "O`zA"da keltirilgan.

Bunda ularda uchinchi mamlakatga aviachipta va viza (zarurat bo`lganda) mavjud bo`lishi hamda konsullik yig`imlarini to`lash talabi, shuningdek, tasdiqlangan turizm dasturlari bo`yicha tanishuv turlari uchun ularning aeroport chegara hududidan tashqariga qisqa muddatli nazorat qilinadigan chiqishi tartibi nazarda tutiladi.

Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda fuqarolari kelishlari bilan qisqa muddatli kirish vizalari beriladigan mamlakatlar ro`yxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qiladi.

    Boshqa yangiliklar