AsosiyJamiyat

Farzandini sotayotgan yana bir ona qo`lga olindi

'Farzandini sotayotgan yana bir ona qo`lga olindi'ning rasmi

Navoiy viloyati bojxonachilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda odam savdosi bilan bog`liq yana bir qonunbuzarlik holatiga chek qo`yishdi.

Fuqaro Bozorov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) o`zining jinoiy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqaro Sotvoldieva bilan jinoiy til biriktirib, uning 5 kunlik farzandini notanish shaxsga 4 600 000 so`mga sotayotgan vaqtida qo`lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandidaga ko`ra jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar