Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi organlari tomonidan qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi xabar bermoqda.
Xususan, o`tgan 2017 yil davomida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 7441 ta prokuror nazorati hujjatlari qo`llanilib, 8 ming nafarga yaqin fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi. Prokuror protestlari asosida 791 ta qonunga zid huquqiy hujjatlar bekor qilindi yoki qonunlarga muvofiqlashtirildi.